Jahon, Siyosat

O‘zbekistonlik muhojirlar AQSH dan deportasiya qilinmoqda

O‘zbekistonlik muhojirlar AQSH dan deportasiya qilinmoqda

Kaliforniyadagi chegara xodimlariga “O‘zbekiston, Tojikiston, Rossiya, Qirg‘iziston,Gurjiston, Moldavadan kelgan hujjatsiz muhojirlarni mamlakatdan zudlik bilan deportatsiya qilish buyurildi”— deb yozadi Fox News va The New York Post chegara xizmati agentligiga yuborilgan xabarga tayanib.

Boshqa noqonuniy muhojirlarga Qo‘shma Shtatlarga kirishga ruhsat berilishi mumkin, ammo ular boshpana so‘rab murojaat qila olmaydi.

Ma’lumotga ko‘ra, kattalar orasida hamrohi bo‘lmagan migrant bolalar, sog‘ligi yoki xavfsizligi jiddiy tahdid ostida bo‘lgan kishilar va odam savdosi qurbonlari uchun bu qonun istisno qilingan.

Deportasiya qilish jarayonlari AQSH-Mexiko chegarasini noqonuniy kesib o‘tgan muhojirlarning o‘rtacha soni kuniga 1500 kishidan kamayguniga qadar kuchda qoladi.