O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati xabar berishicha, 1-iyuldan mahalliy yo‘nalishlardagi “Nasaf”, “Sharq”, “O‘zbekiston ” poyezdlari chipta narxlarining ta’rif qismi 25 foizga oshadi.
Narxlarning oshishiga sabab qilib yo‘lovchi poyezdlarda qo‘shimcha servis xizmati joriy qilish,ularni yanada rivojlantirish va vokzallarni zamon talablariga moslab ta’mirlash,yangi elektropoyezdlarni sotib olish, modernizatsiya qilish kabilar bilan izohlangan.
Ma’lumot uchun, 12, 4-sonli Toshkent — Qarshi yo‘nalishi avvalgi narxlari ekonom — 150 600, biznes 218 244 so‘m bo‘lsa, yangi narxda ekonom — 178 250, biznes — 262 805 so‘mni tashkil qiladi, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 15-maydan boshlab “Afrosiyob” elektropoyezdlarining chiptalari narxi ekonom klass uchun 20 foiz, biznes klass uchun 30 foiz va VIP klass uchun 40 foizga oshirilgandi. “O‘zbekiston temir yo‘llari” narxlar oshishini elektr-energiya, yoqilg‘i, logistika va transport xarajatlarini qoplash maqsadi bilan izohlagan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!