16-iyun Qurbon hayiti bayrami kuni Toshkent metropoliteni odatdagidan ikki soat oldin, ya’ni, tongi soat 03:00 dan ish faoliyatini boshlaydi. Bu haqda «Toshkent metropoliteni» DUK xabar berdi.
Shuningdek, Qurbon hayiti bayrami kunida barcha yo‘lovchilarga Toshkent metropoliteni soat 03:00 dan 10:00 ga qadar bepul xizmat ko‘rsatadi.
Ta’rifga ko’ra, metro yo‘lovchilariga bayram munosabati bilan belgilangan boshqa dam olish kunlarida esa yakshanba kuni uchun tasdiqlangan jadval asosida soat 05:00 dan xizmat ko‘rsatiladi.
Ma’lumot uchun, Qurbon hayitining birinchi kuni dam olish kuniga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan ushbu dam olish kuni 17 iyun – dushanba kuniga ko‘chiriladi, 18 iyun – seshanba kuni barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni bo‘ladi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!