Jahon

Yer aholisining oʻsishi toʻxtaydimi?

Yer aholisining oʻsishi toʻxtaydimi?

Butun dunyoda bir ayolga toʻgʻri keladigan oʻrtacha bolalar sonini anglatuvchi umumiy tugʻilish koeffitsienti (TFR) tez sur’atlarda pasayib bormoqda, deya xabar bermoqda Our World in Data.

1950-yildan beri dunyo boʻylab tugʻilishning oʻrtacha koeffitsienti har bir ayolga qariyb 5 boladan 2,3 tagacha qisqardi. Insoniyat barqaror aholini taʻminlash uchun zarur boʻlgan 2,1 chegarasiga yaqinlashmoqda, ushbu koʻrsatkichdan kamaygan taqdirdi, insoniyat vaqt oʻtishi bilan kamayishni boshlaydi.

Migratsiya tendentsiyalarini hisobga olgan holda, asr oxiriga kelib koʻplab mamlakatlar aholisining qisqarishi kutilmoqda. Shunday qilib, Our World in Data tomonidan taqdim etilgan prognozga koʻra, Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya, Pol’sha, Ukraina, Serbiya, Albaniya va boshqa koʻplab mamlakatlar aholisi qariyb 2 baravarga ozayadi. Rossiya va Braziliya aholisi 30 milliondan ortiq kishiga, Germaniyada 14 million kishiga kamayadi. Ispaniya, Italiya, Gretsiya va Portugaliya aholisi deyarli bir yarim baravar qisqaradi.

Ushbu ma’lumotlar Sharqiy Osiyoning Yaponiya, Janubiy Koreya va Xitoy kabi bir qator davlatlari allaqachon duch kelayotgan demografik vaqtli bombani ta’riflaydiBMT ma’lumotlariga koʻra, Xitoy aholisi 2022-yil iyul oyida 1,425 milliardga etgan va keyin qisqarishni boshlangan; BMT XXI asr oxiriga kelib Xitoy aholisi hozirgi darajasining qariyb yarmigacha qisqarishini bashorat qilmoqda.

Janubiy Koreya Sogʻliqni saqlash va ijtimoiy masalalar instituti maʻlumotlariga koʻra, Sharqiy Osiyo mamlakati aholisi tez qarish sharoitida 2050-yilga borib YaIM 28 foizga qisqaradi.

Koʻpgina Gʻarb davlatlari allaqachon aholining qarishi muammosiga duch kelishmoqda, ammo bu oʻzgarishlarning tezligi va taʻsiri immigratsiya tufayli yumshatilmoqdaXususan, 2100-yilga kelib, global tendentsiyaga qaramay, muhojirlar tufayli AQSh, Buyuk Britaniya, Kanada va Fransiya aholisi sezilarli darajada kamaymasligi bashorat qilinmoqda.