Bugun, 13-iyun kuni Vazirlar Mahkamasida O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshiriqlariga asosan, Bosh vazir Abdulla Aripov Koreya Respublikasining “Lotte group” kompaniyasi rahbari Shin Dong Bin boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Uchrashuvda Oliy darajadagi yaqin va ishonchli muloqot mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarni izchil rivojlantirish uchun mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilayotgani, Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yolning tashrifi ikki tomonlama munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqishga yana bir muhim qadam bo‘lishi alohida taʼkidlandi.
“Lotte Group” nafaqat Koreyada, balki Osiyoda eng yirik konglomeratlardan biri hisoblanadi. Mazkur kompaniya mamlakatimizdagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya ishtirokidagi ilk yirik Ustyurt gaz-kimyo majmuasi qurilishida ishtirok etgan.
Uchrashuvda hamkorlikdagi loyihalarni “yashil” energetika, gaz-kimyo, turizm, oziq-ovqat va boshqa sohalarni qamrab olgan holda yana-da boyitish masalalari muhokama qilindi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!