Ilm-fan, Siyosat

OTM larga test sinovlari o‘tkazish kuni rasman e’lon qilindi

OTM larga test sinovlari o‘tkazish kuni rasman e’lon qilindi

Oliy majlis qonunchilik palatasida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi tashabbusi bilan “Hukumat soati” o‘tkazildi.

Qayd etilishicha, 2024-2025-o‘quv yili uchun bakalavriatga qabul bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tishning birinchi bosqichi joriy yilning 5-iyunidan boshlangan edi. Hujjatlar qabuli 25-iyungacha qabul qilinishi belgilangan edi. Bu vaqt ichida abituriyentlar test topshirish fanlarini, ta’lim tilini, test topshirish hududini shuningdek, ijodiy imtihondan o‘tadiganlar ijodoy imtihondan o‘tadigan oliygohni tanlash huquqiga ega.

Ikkinchi bosqichda esa, 1-25-iyul kunlari ijodiy imtihonlar, 14-28-iyul kunlari test sinovlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun, abituriyentlar ijodiy imtihonda to‘plagan ballarini o‘sha kunning o‘zida, test ballarini esa ertasi kun bilishadi. Ijodiy imtihon va test sinovlari to‘liq yakunlangandan so‘ng, 15 kun davomida ro‘yxatdan o‘tishning ikkinchi bosqichida abituriyentlar test ballaridan kelib chiqib, 5 tagacha oliygoh (yo‘nalish), ta’lim shaklini, ta’lim ustuvorligini tanlashi mumkin.

Qatnashuvchilar “Oliy ta’ lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish tizimini yanada takomillashtirish, oliy ta’lim va professional ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarni “avval test, keyin tanlov” tamoyiliga asosan tashkil etish borasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida”gi masalalarni muhokama qilishdi.