Iqtisod

O’zbekistondan Quvaytga ho’l va quritilgan mevalar eksporti hajmi oshadi

O’zbekistondan Quvaytga ho’l va quritilgan mevalar eksporti hajmi oshadi
O’zbekiston elchixonasi ko’magida O’zbekiston va Quvayt kompaniyalari vakillari o’rtasida videokonferensaloqa shaklida onlayn uchrashuvlar tashkil etildi, deb xabar qilmoqda «Dunyo» AA.

Ularda O’zbekistonda ishlab chiqarilgan va yetishtirilgan mahsulotlarning Quvaytga eksportini yanada oshirish, qo’shma loyihalarni hayotga tadbiq etish, investitsiyalarni jalb etish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.

Xususan, Quvaytning «KAM International Group», «Al Homaizi Food Industries», «Al Homaizi Food Industries» va «Star Fruits» singari yetakchi kompaniyalari va mamlakatimiz ishbilarmon doira vakillari O’zbekistondan sanoat, gilos va shaftoli hamda quritilgan mevalar eksportini yo’lga qo’yish masalalarini muhokama qildilar.

Onlayn uchrashuvlar davomida, shuningdek, O’zbekistondan ho’l va quritilgan mevalarni Quvaytga yetkazib berish bo’yicha transport-logistika tizimiga ham e’tibor qaratildi.