Jahon

Putinning Shimoliy Koreyaga tashrifi kutilmoqda

Putinning Shimoliy Koreyaga tashrifi kutilmoqda

Vladimir Putin Shimoliy Koreyaga tashrif buyurishi rejalashtirilgan

Vladimir Putin 18-19-iyun kunlari Shimoliy Koreyaga tashrif buyurishi rejalashtirilgan

Kreml Rossiya prezidenti Vladimir Putinning 18-19-iyun kunlari Shimoliy Koreyaga davlat tashrifi bilan borishini ma’lum qildi. Shundan so‘ng davlat rahbari 19 va 20-iyun kunlari Vyetnamga tashrif buyuradi.

Kreml “Vladimir Putin KXDR davlat ishlari rahbari Kim Chen Inning taklifiga binoan 18 va 19-iyun kunlari Koreya Xalq Demokratik Respublikasida do‘stona davlat tashrifi bilan bo‘ladi”, dedi.

Prezident Xanoyda Vyetnam Kommunistik partiyasi Markaziy Qo‘mitasi Bosh kotibi Nguyen Phu Trong, Prezident Tu Lam, Bosh vazir Fam Min Tyan, Milliy assambleya spikeri Tran Txan Man bilan uchrashadi.