Jahon, Siyosat

ShHT ning navbatdagi sammiti 3-4 iyul kunlari Qozog‘istonda o‘tkaziladi

ShHT ning navbatdagi sammiti 3-4 iyul kunlari Qozog‘istonda o‘tkaziladi

Shanxay hamkorlik tashkilotining navbatdagi sammiti Ostonada o‘tkazilishi rejalashtirilgan

ShHT sammiti 3-4 iyul kunlari Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Bu haqda Qozog‘iston prezidenti ma’muriyati ma’lum qildi.

Sammitga ishtirokchi davlatlardan tashqari kuzatuvchi davlatlar rahbarlari va muloqot boʻyicha hamkorlar ham taklif etilgan.

Hozirda ShHTga 9 ta davlat aʼzo: Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Hindiston, Eron, Xitoy, Qirgʻiziston, Pokiston, Rossiya va Tojikiston.

Ayni paytda Afg‘oniston, Belarus va Mo‘g‘uliston tashkilotda kuzatuvchi maqomiga ega, 14 davlat, jumladan, Misr, Qatar, Quvayt, Birlashgan Arab Amirliklari, Saudiya Arabistoni, Turkiya va boshqalar hamkor hisoblanadi.

Qozog‘iston beshinchi bor Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitiga mezbonlik qilmoqda. U oxirgi marta 2017-yilda o’tkazilgan.