Jamiyat

O‘zbekistonlik hojilar 22-iyundan qaytishni boshlashadi

O‘zbekistonlik hojilar 22-iyundan qaytishni boshlashadi

“Haj – 2024” mavsumi ibodatlarini nihoyasiga yetkazayotgan hojilar 22-iyun – 12-iyul kunlari O‘zbekistonga qaytib keladi. Bu haqda Musulmonlar idorasi matbuot xizmati xabar qildi.

O‘zbekistonliklar Jidda shahridan 10 ta hudud – Toshkent, Namangan, Farg‘ona, Buxoro, Samarqand, Qarshi, Termiz, Navoiy, Nukus va Urganch shaharlariga “Uzbekistan Airways”ning to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviqatnovlari orqali qaytib keladilar.

Tashish ishlariga “Uzbekistan Airways” aksiyadorlik jamiyatidan malakali uchuvchi va bort kuzatuvchilari jalb etilgan. Hojilarga havo sahnida turli taom va ichimliklar taqdim etiladi.

Eslatib o‘tamiz, 23-may kuni O‘zbekistondan ilk ziyoratchilar Haj amallarini bajarish uchun Saudiya Arabistoniga uchgan edi. 7-iyunga qadar O‘zbekiston shaharlaridan Madina shahriga jami 124 ta charter aviaqatnovi orqali 15 130 nafar yo‘lovchi tashuvi amalga oshirildi.