Fransiyada jurnalist Exxelia kompaniyasi binosi oldida Isroilga qurol sotishga qarshi namoyishni yoritish asnosida qo‘lga olindi. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar berdi.
Nashr manbalarining tasdiqlashicha, jurnalist politsiyaga xabar manbalarini himoya qilish uchun telefon parolini aytishdan bosh tortgani uchun uning qamoq muddati uzaytirilgan.
Chegara bilmas muxbirlar tashkiloti o‘zini erkinlik himoyachisi deb ataydigan mamlakatda axborot manbalari maxfiyligi buzilayotganidan xavotir bildirgan hamda hukumatdan jurnalistni ozod qilishni so‘ragan.
Bundan tashqari, fransuzlarning “Blast” gazetasi jurnalistning hibsga olinishini “axborot olish erkinligiga nisbatan uyushtirilayotgan adolatsizlarcha hujum”, deb atagan.
Eslatib o‘tamiz, 2016 yilda g‘azolik oila Exxelia‘ga qarshi sudga murojaat qilib, kompaniya tomonidan ishlab chiqarilgan komponentlar sionistlar tomonidan uchirilayotgan raketalarda qo‘llanilayotganini aytib chiqqan edi. Ular fransuz kompaniyasini ishg‘olchilarning qotillik va urush jinoyatlariga sheriklikda ayblashgan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!