Jahon

Husiylar rus ko‘miri ortilgan yuk kemasini cho‘ktirib yuborgani aytilmoqda

Husiylar rus ko‘miri ortilgan yuk kemasini cho‘ktirib yuborgani aytilmoqda

Husiylar Gretsiyaga tegishli Tutor yuk kemasini Qizil dengizda cho‘ktirib yubordi. Bu haqda Buyuk Britaniya dengiz savdo idorasi (UKMTO) maʼlum qildi.

Unga ko‘ra, kema 12-iyun kuni raketalar va portlovchi moddalar ortilgan qayiq bilan nishonga olingan. Eʼtiborlisi qayiqda hech kim bo‘lmagan va u masofadan boshqarilgan.

«82 ming tonnagacha yuk tashishga qodir Tutor yuk tashuvchisi Rossiyaning Ust-Luga portidan (Leningrad viloyati) Iordaniyaga yo‘l olgan bo‘lib, unga rus ko‘miri ortilgan edi», – deyiladi xabarda.

Aytilishicha, kema noyabr oyidan beri Husiylar tomonidan cho‘ktirilgan ikkinchi yuk kemasi hisoblanadi.

Maʼlumot uchun, odatda Husiylar G‘azoda genotsidga uchrayotgan falastinliklarga birdamlik sifatida Qizil dengizda suzayotgan Isroilga aloqador kemalarga hujum qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Husiylarning Qizil dengizda Isroilga aloqador kemalarga hujumlari ortidan ingliz Britaniya kemalari Afrikani aylanib o‘tishga majbur bo‘layotgan sababli Britaniyada choy tanqisligi kuzatilmoqda.