Hodisa

Toshkentdagi restoranlardan birida yong‘in kelib chiqdi

Toshkentdagi restoranlardan birida yong‘in kelib chiqdi

Toshkent shahar Uchtepa tumanida joylashgan restoranda yong‘in yuz berdi. Bu haqda Toshkent shahar FVB xabar qilmoqda.

Bugun, 21-iyun kuni soat 08:08 da Uchtepa tumani Katta Qani ko‘chasida joylashgan restoranlarning birida yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.

Shundan so’ng, 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 08:16 da yetib borib, yong‘in soat 08:31 da o‘chirilgan.

Yong‘in natidjasida restoran hududining gaz taqsimlash xonasida bo‘lgan gaz taqsimlash uskunasi va 5 kvadrat metr maydonda taxta bo‘laklari yongan.

Yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda.

Yong‘in natijasida tan jarohati olgan va halok bo‘lgan fuqarolar to‘g‘risida xabar kelib tushmagan.