Yaponiya hukumati Ukrainadagi vaziyat tufayli Rossiyaga qarshi sanksiyalarning navbatdagi paketi doirasida Hindiston, Qozog‘iston, Xitoy, BAA va O‘zbekistonning 11 xorijiy kompaniyasiga nisbatan cheklovlar joriy etayotganini ma’lum qildi.
Sanksiyalar Xitoyning yettita kompaniyasiga, jumladan Alpha Trading Investments, Guangzhou Ausay Technology va Shenzhen Biguang Trading kompaniyalariga ta’sir ko‘rsatdi. BAA, Hindiston, Qozog‘iston va O‘zbekistonning har biriga bittadan kompaniya – Sun Ship Management, Si2 Microsystems, Elem Group va Mvizion LLC to‘g‘ri keldi.
O‘zbekiston Mvizion va Rossiyaning Hartis DV kompaniyalari elektron butlovchi qismlarni yetkazib berish bilan shug‘ullanadi. O‘zbekiston korxona va tashkilotlarining yagona davlat reyestriga ko‘ra, Mvizion 2022-yil iyun oyida ro‘yxatga olingan. Kompaniyaning ustav kapitali 1 million dollarni tashkil etadi.
Bungacha O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan ushbu kompaniya AQSH va Buyuk Britaniyaning sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgandi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!