Jamiyat

Bog‘chada bolalarni oyoq kiyim bilan urgan tarbiyachiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Bog‘chada bolalarni oyoq kiyim bilan urgan tarbiyachiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
2024-yil 20-iyun kuni ijtimoiy tarmoqlarda bog‘cha tarbiyachisi bolalarni shippak bilan urgani tasvirlangan videolavha tarqalgandi.
Ishchi guruh tomonidan holat o‘rganilganda bolalarni oyoq kiyim bilan urgan ayol G‘allaorol tumanidagi 16-bog‘cha tarbiyachisi ekani aniqlangan. 2024-yil 19-iyun kuni tarbiyachi bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan.
Bolalar ombudsmanining ma’lum qilishicha, ayni paytda tarbiyachi K.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 110-moddasi (qiynash) 2-qismi “a” va “v” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.