Jamiyat

Poyezd 10 yoshli bolani urib ketdi

Poyezd 10 yoshli bolani urib ketdi

Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi temiryo‘l hududida 10 yoshli bolani poyezd urib yubordi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, voqea joriy yilning 20-iyun kuni soat 09:30 larda sodir bo‘lgan. 2014-yilda tug‘ilgan S.A. temiryo‘lni belgilanmagan joyidan velosipedda kesib o‘tayotgan vaqtida Bekobod-Toshkent yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan elektropoyezd urib yuborgan. Oqibatda S.A. tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan.

“Holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.