Hodisa, Jahon

Qozog’istonda osmonupar binoda yong’in sodir bo’ldi

Qozog’istonda osmonupar binoda yong’in sodir bo’ldi

Qozog‘iston poytaxtida dunyodagi eng katta “Xon Shatir” chodiri yonida joylashgan osmono’par bino yonib ketdi. Bino butunlay tutun ichida qolgan, voqea joyida qutqaruvchilar ishlamoqda. Bu haqda Tengrinews.kz xabar berdi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko‘ra, yong‘in Turon, 37/9 manzilidagi binoda sodir bo‘lgan. Ostona Favqulodda vaziyatlar departamenti bo‘linmalari yong‘inga yuqori chaqiruv darajasida javob berdi.

“Oʻt oʻchiruvchilar yetib kelganida, turar-joy majmuasining 26-qavatida xonadonning tashqi qoplamasi yonayotgani aniqlandi”, — deb xabar qildi Favqulodda vaziyatlar vazirligi.

Eslatib o‘tamiz, bundan uch yil avval Turon shoh ko‘chasida qo‘shni bino yonib ketgan edi. Shundan so‘ng yong‘in yuzasidan surishtiruv ishlari olib borildi.