Jamiyat, Yangiliklar

Tupponcha ko’tarib yurgan guruh yuzasidan munosabat bildirildi

Tupponcha ko’tarib yurgan guruh yuzasidan munosabat bildirildi

Avvalroq bir nechta fuqarolar o‘zaro janjallashayotgani aks etgan videotasvir e’lon qilingan edi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB rasmiy munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, holat 20-iyun tungi soat 00.30 larda Mirzo Ulug‘bek tumanida 1998 y.t. Sh.B., 2001-yilda tug‘ilgan A.K., 1991 y.t. O‘.Z., 2002 y.t. F.A. o‘zining tanishi 1992-yilda tug‘ilgan J.R. bilan o‘zaro janjallashib ketishgan va J.R.ni qo‘l bilan urib tan jarohati yetkazishgan. Jabrlanuvchi «Bosh miya chayqalishi, bosh miya yumshoq to‘qimalari lat yeyishi» jarohati bilan xususiy tibbiyot muassasasiga murojaat qilgan. Holatni yashirish maqsadida J.R. tibbiyot xodimlariga o‘zi yiqilib tushganini bildirib, IIOga murojaat qilmagan.

Mazkur holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi (“Bezorilik”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumon qilinuvchilar Sh.B. va A.K. protsessual tartibda ushlangan. Qolgan gumonlanuvchilarni ushlash choralari ko‘rilmoqda.

O‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida Sh.B.ning yonida aniqlangan to‘pponcha ko‘rinishidagi olov yondirgich ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.

Tergov davom etmoqda, yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi, deyiladi xabarda.