Jahon

Dog‘istonda terrorchilik hujumi ortidan 3 kunlik motam eʼlon qilindi

Dog‘istonda terrorchilik hujumi ortidan 3 kunlik motam eʼlon qilindi

Dog‘istonda sodir bo‘lgan terakt natijasida 20 kishi halok bo‘ldi, 44 kishi yaralandi.

Dog‘istonning Darband va Maxachqalʼa shaharlariga terrorchilar hujum uyushtirildi. Otishmalarda jami 20 nafar odam halok bo‘ldi. Ularning 17 nafari huquq-tartibot idoralari xodimlari, 44 nafar fuqaro, jumladan 37 nafar kuchishlatar tizimi vakillari yaralandi.

Terrorchilardan ikki nafari Dog‘istondagi tuman rahbarlaridan birining o‘g‘illari bo‘lib chiqdi. Shuningdek, Habib Nurmagomedovga tegishli tegishli klub tarbiyalanuvchisi MMA jangchisi ham jangarilar tarkibida urushgani maʼlum bo‘ldi.

Dog‘istonda terrorchilik hujumi ortidan 3 kunlik motam eʼlon qilindi

Maxachqalʼa va Derbentda qurolli hujum uyushtirgan olti nafar jangari o‘ldirildi. Dog‘istonda 15 dan ortiq politsiyachi hujum qurboniga aylandi. Hozirda yo‘q qilingan jangarilarning sheriklarini qidirish davom etmoqda.