Janubiy Koreyaning Seul janubida joylashgan Xvason shahrida, litiy batereya ishlab chiqaruvchi zavodda yong’in sodir bo’ldi. Ushbu yong’in oqibatida 20 ga yaqin odam halok bo’lgan. Bu haqda Yonhap agentligi xabar berdi.
O’t o’chiruvchilarning so’zlariga ko‘ra, yong’inda halok bo’lganlar va bedarak yo’qolganlar soni 23 kishiga yetdi. Yo’qolganlarning 20 nafari xorijlik bo’lib, jumladan, Xitoy fuqarolari ekanligi taxmin qilinmoqda. Ta’kidlanishicha, kunlik to’liq va yarim kunlik ishchilar ro’yxati yo’q qilingani sababli bu raqam o’zgarishi mumkin. Bundan biroz avval agentlik 1 kishi halok bo’lgan, yana 3 kishi jarohatlandi, deya xabar bergan edi.
Zavodning ikkinchi qavatidan qochgan guvohlardan biri Xvason o‘t o‘chirish stansiyasiga yong‘in sodir bo‘lgan vaqtda bir akkumulyator batareyasida portlovchi yonish sodir bo‘lganini aytdi.
Akkumulyator simlari tinimsiz portlashi oqibatida, qutqaruvchilar ichkariga kirishi va qidiruv ishlari qiyinlashgan. Zavod ichida kamida 35 ming akkumulyator borligi taxmin qilinmoqda.
Yong’in soat 10:30 da boshlangan, asosiy yong‘in soat 15:00 da nazoratga olingan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!