G‘azoda davom etayotgan falastinliklarning qirg‘iniga qaramay, Misrning Isroilga eksporti o‘tgan yilga nisbatan ikki baravarga oshgan. Bu haqda Isroil Markaziy statistika byurosining hisobotida maʼlum qilindi.
Qayd etilishicha, may oyida Misrning Isroilga yetkazib bergan mahsulotlari qiymati 25 mln dollarni tashkil etgan.
BAA va Iordaniyadan ham Isroilga eksport hajmi oshib, savdo qiymati mos ravishda 242 mln dollar (o‘tgan yili 238.5 mln dollar) va 35,7 mln dollar (o‘tgan yili million 32,3 mln dollar)ga yetgan.
Oktyabr oyidan buyon ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar keskinlashib borayotganiga qaramay, o‘tgan yil ichida Isroilning Misrga tabiiy gaz eksporti keskin oshgani sababli, energiya va xavfsizlik sohasidagi hamkorlik faollashgan.
Maʼlumot uchun, ikki davlat 2025-yilga borib yillik tovar ayirboshlash hajmini qariyb 700 mln dollarga yetkazishni kelishib olgan edi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!