Jamiyat

Bo‘stonliqqa olib boradigan yo‘l vaqtincha yopildi

Bo‘stonliqqa olib boradigan yo‘l vaqtincha yopildi

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumaniga olib boruvchi yo‘l velosport musobaqasi uchun ma’lum vaqtga yopildi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 25-26-iyun kunlari sportning velosport-shosse turi bo‘yicha kattalar (erkaklar va ayollar) o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tadi.

Shu munosabat bilan ikki kun davomida soat 08:00 dan 14:00 ga qadar 4R12 Bektemir-Chorbog‘ qo‘rg‘oni avtomobil yo‘lining 34 va 54-kilometrlari oralig‘ida (Chirchiq shahriga kirishda joylashgan platina yaqini start, G‘azalkent shahriga kirish qismi finish) transport vositalari harakati cheklanadi.

Shuningdek, Bo‘stonliq tumaniga tashrif buyuruvchi fuqarolarga Chirchiq shahri orqali harakatlanish tavsiya etilgan.