Jamiyat, Siyosat

Rossiya Ichki ishlar vaziri O‘zbekistonga keldi

Rossiya Ichki ishlar vaziri O‘zbekistonga keldi

Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vaziri Vladimir Kolokolsev amaliy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi. Bu haqda Rossiya IIV matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Toshkent xalqaro aeroportida uni O‘zbekiston Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov va Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Oleg Malginov kutib oldi.

Rossiyalik vazir tashrifi chog‘ida qator uchrashuvlar o‘tkazadi, O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoat xavfsizligi boshqarmasining Muvofiqlashtirish va monitoring markazi va G‘alaba bog‘i yodgorlik majmuasiga tashrif buyuradi.