The Washington Post va CNN sud hujjatlariga tayanib yozishicha, Assanj tergov bilan 18 ta ayblovdan biri bo‘yicha aybini tan olish uchun dastlabki kelishuvga erishgan. Bitim hali rasman yakunlangani yo‘q, deya ta’kidladi WikiLeaks.
Yangi kelishuv shartlariga ko‘ra, AQSh Adliya vazirligi prokurorlari avstraliyalik ma’lumot tarqatuvchiga 62 oylik qamoq jazosini talab qiladi. Assanj juda ko‘p vaqtini Londondagi qattiq rejimli qamoqxonada o‘tkazdi. 26-iyun kuni AQShning uyushgan hududi bo‘lgan Shimoliy Mariana orollaridagi sud qaror chiqarishi kutilmoqda.