Do’konda bo‘lgan 2003-yilda tug‘ilgan A.T. va 2002-yilda tug‘ilgan T.I. uni tinchlantirib, janjalni oldini olishga uringan. Biroq X.A. bezorilik harakatini davom ettirib, ularni urib tan jarohati yetkazgan.
Birlamchi tibbiy ma’lumotga ko‘ra, jabrlanuvchilarga yengil tan jarohati yetkazilgan.
Mazkur holat yuzasidan Shayxontohur tumani IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “g” bandi (“Bezorilik harakatini oldini olish chorasini ko‘rgan boshqa fuqarolarga qarshilik ko‘rsatib sodir etish”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
“Tergov harakatlari davom etmoqda. Yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.
Hurmatli fuqarolar, agar siz ushbu shaxsning harakatlaridan jabr ko‘rgan bo‘lsangiz yaqin oradagi IIBga yoki 102 raqamiga xabar berishingizni so‘raymiz”, deyiladi poytaxt IIBB xabarida.