2023-yilda musodara qilingan giyohvandlik vositalarining asosiy ulushi O‘zbekiston bojxona xizmati organlarining so‘nggi 30 yillik tarixida ilk bor qayd etildi: 8,5 tonna ko‘knor giyohvandlik vositasi fosh qilingan.
O‘zbekistonda 2 tonnadan ortiq giyohvand moddalar yoqib yuborildi. Bu haqda O‘zbekiston Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, giyohvand moddalarni yo‘q qilish aksiyasi 26 iyun kuni nishonlanadigan Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni munosabati bilan o‘tkazilgan.
Bojxona qo‘mitasi va Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan “Toshkent-Aero” ixtisoslashtirilgan bojxona komleksining “Aviayuklar” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida havo yo‘llari orqali respublikamizga xorijdan olib kelinib, so‘ngra yuk avtotransport vositasi orqali tranzit tarzida olib o‘tilishi rejalashtirilgan 25 tonna og‘irlikdagi 1000 qop qandolat ko‘knorisi urug‘lari oziq-ovqat mahsuloti belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazilgan.
Bojxona ko‘rigi davomida hujjatlarda qandolat ko‘knorisi deb ko‘rsatilgan 25 tonna urug‘ va somonlar tarkibida, haqiqiy giyohvandlik vositasi hisoblangan 8,5 tonna ko‘knori somoni borligi aniqlangan.
Bugungi kunda kontrabanda ashyolarini aniqlash maqsadida chegara bojxona postlari 23 ta inspeksion ko‘rik majmualari, 15 ta inson tanasini skaner qiluvchi uskuna, 202 ta rentgen apparatlari hamda boshqa zarur vositalar bilan taʼminlangan.
Shuningdek, Bojxona qo‘mitasining Milliy kinologiya markazida giyohvandlik vositalari, kuchli taʼsir qiluvchi va psixotrop moddalarni noqonuniy olib o‘tilishiga qarshi kurashish yo‘nalishida kinologlar va xizmat itlari tayyorlanmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!