Jahon

Rossiya fuqaroligini olgan 10 ming migrant maxsus operatsiyada ishtirok etmoqda — Bastrikin

Rossiya fuqaroligini olgan 10 ming migrant maxsus operatsiyada ishtirok etmoqda — Bastrikin

Amalga oshirilgan saʼy-harakatlar natijasida 30 mingdan ortiq yangi Rossiya fuqarolari harbiy ro‘yxatga olindi va ulardan 10 mingi maxsus operatsiya hududiga yuborildi, – dedi Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tayotgan yuridik forumda Rossiya Tergov qo‘mitasi boshlig‘i Bastrikin.

U shuningdek mehnat migratsiyasiga oid bir qator fikrlarni bildirdi.

Ta’kidlanishicha, Rossiyada migrantlar tomonidan amalga oshirilayotgan jinoyatlar soni ko‘paymoqda. Xususan, Samara, Chelyabinsk, Tambov, Kemerovo va Penza viloyatlarida, Oltoy o‘lkasida va Yamalo-Nenes avtonom okrugida ko’proq kuzatiladi.

Shuningdek, migrantlarni ishga yollashda milliy xavfsizlik masalalari eʼtiborga olinishi kerak bo’ladi.

Sovet tajribasidan foydalangan holda, Rossiya ichki migratsiya mexanizmini ishlab chiqish zarur.

Eng muhimi, Rossiyaning migratsiya siyosatini o‘zgartirish kerak, ehtiyojni ichki resurslar yordamida hal qilish kerak.