Jahon

FIDE reytingi o‘zgardi. O‘zbekistonning besh nafar shaxmatchisi top 100 likdan joy oldi

FIDE reytingi o‘zgardi. O‘zbekistonning besh nafar shaxmatchisi top 100 likdan joy oldi

Jahon shaxmat federatsiyasi iyun oyi yakunlangach, o‘z reytingini yangiladi. Ushbu yangilangan jahon reytingida kuchli 100 likdan 5 nafar o‘zbekistonlik grossmeyster o‘rin oldi.

Reytingda Nodirbek Abdusattorov 6-o‘rinda qayd etildi. U avvalgi oydagi o‘rnidan bir pog‘ona pastladi. Javohir Sindorov 54-o‘ringa ko‘tarildi. U o‘tgan oydagi reytingda 60-o‘rinda qayd etilgan edi. Bundan tashqari, eng kuchli shaxmatchilar reytingida Rustam Qosimjonov (43-o‘rin) ham o‘rin olgan.

Avvalgi oyda kuchli 100 likni tark etgan Nodirbek Yakubboyev ushbu oyda 84-o‘rinda qayd etilgan. Uzchess Cup turnirida muvaffaqiyatli qatnashgan yana bir o‘zbekistonlik shaxmatchi eng kuchli 100 shaxmatchilar kiritilgan reytingdan joy oldi. 2643 reyting ochkosiga ega shaxmatchi Shamsiddin Vohidov 95-o‘rinda qayd etilgan.

Nodirbek yoshlar o‘rtasidagi rasmiy reytingda 1-o‘rinda qayd etilgan. Yana bir hamyurtimiz Javohir Sindorov 6-o‘rinni egallab turibdi.

Ma’lumot uchun, Mukofot jamg‘armasi 166 ming AQSH dollarini tashkil etadigan “Uzchess Cup” turnirida Nodirbek Abdusattorov ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.