Jahon, Siyosat

Erondagi prezidentlik saylovida etnik ozarbayjon va islohotchi nomzod – Masud Pezeshkian g‘alaba qozondi

Erondagi prezidentlik saylovida etnik ozarbayjon va islohotchi nomzod – Masud Pezeshkian g‘alaba qozondi

Eronda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichi islohotchilar bloki vakili Masud Pezeshkian g‘alabasi bilan yakunlandi.

Saylovning ikkinchi bosqichida u raqibi, konservativ Said Jaliliydan ustun keldi.

Bu haqda Islom Respublikasi saylov shtabining rasmiy vakili Mohsin Eslamiy maʼlum qildi.

Yangilangan maʼlumotlarga ko‘ra, saylovda 49,8 foiz saylovchi ovoz bergan.

Saylov byulletenlarining 100 foizini qayta ishlash natijalariga ko‘ra, Pezeshkiyan 16,384 million – umumiy ovozning 53,6 foizini ovoz oldi. Jaliliyga esa 13,538 million kishi ovoz bergan – 44,3%.

Maʼlumot uchun, Masud Pezeshkian 1954-yil 29-sentyabr kuni Eronning G‘arbiy Ozarbayjon ostonida (viloyatida) etnik ozarbayjonlar oilasida tug‘ilgan. Uni kardiojarroh va islohotchi-siyosatchi sifatida tanilgan. 2016—2020-yillarda parlament raisining birinchi o‘rinbosari, 2001—2005-yillarda Muhammad Xotamiy hukumatida sog‘liqni saqlash va tibbiy taʼlim vaziri bo‘lgan.

Boshqa nomzodlarning pozitsiyalari Raisiy siyosatiga mos kelsa-da, Pezeshkian vaqti-vaqti bilan rasmiylarni tanqid qiladi, AQSH bilan munosabatlarni yaxshilash va ayollar erkinligini, jumladan, hijob o‘rash masalasida himoya qiladi.