Amaldagi Yo‘l harakati to‘g‘risidagi Qonunga ko’ra, har bir yo’l uchun mas’ul bor. Ushbu yo‘l Xatirchi tuman yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi (boshlig‘i M.F) (bo‘lim boshlig‘i Sh.R) ga tegishli va Avto yo‘l tomonidan xizmat ko‘rsatiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-oktyabrdagi PQ-330-son qaroriga asosan ushbu piyodalar o‘tish joyida Xatirchi tuman yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan tugmali svetofor qurilmasini o‘rnatish dasturga 2024-yil 1-chorak yakuniga qadar kiritilgan bo‘lib, mablag‘ ajratilmaganligi sababli hozirgi kunga qadar o‘rnatilmagan.
Achinarlisi shundaki, Xatirchi tuman yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi direktori nomiga Navoiy viloyati YHXB tomonidan joriy yilda 2 marta tugmali svetofor o‘rnatish yuzasidan taqdimnomalar kiritilgan. Taqdimnoma talablari bajarmaganligi uchun Xatirchi tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi rahbariga MJtKning 196-moddasiga asosan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
BYD SONG ya’ni 85 M 100 GA haydovchisi (yaʼni oldinda ketayotgan BYD) bir yil davomida bu yo‘l qotili 12 ta tezlikni oshirish(radar)ga tushgan ekan. Ularga O‘zbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 2-qismi bilan ayblov eʼlon qilinib, shu kuni JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan, ularga nisbatan “qamoqqa olish”tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llanilgan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!