21-son jazoni ijro etish koloniyasida mahkumalarning tuzalish yo‘liga o‘tgan yoki o‘tmaganligini aniqlash mezonlari bo‘yicha komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi. Bu haqda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Toshkent shahridagi mintaqaviy vakili ma’lum qildi.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 1021-moddasida Komissiya tarkibiga jamoatchilik vakillaridan, qoida tariqasida, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) mintaqaviy vakillari, o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, jamoat tashkilotlarining hayotiy tajribaga va aholi o‘rtasida obro‘-eʼtiborga ega bo‘lgan vakillari kirishi belgilangan.
Yig‘ilishda koloniyada jazo muddatini o‘tayotgan 1159 nafar mahkumalar komissiya aʼzolari tomonidan o‘rganilib, 998 nafar mahkumalar tuzalish yo‘liga o‘tgan deb xulosa berildi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!