Jamiyat, Jinoyat

YHXBning Yunusoboddagi ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘limi vaqtincha yopiladi

YHXBning Yunusoboddagi ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘limi vaqtincha yopiladi

8-iyuldan boshlab Toshkent shahar YHXBning Yunusobod tumanidagi ro‘yxatdan o‘tkazish, imtihon olish bo‘limi vaqtincha yopildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Toshkent shahri Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasining Yunusobod tumani O.Zokirov ko‘chasi (sobiq Gvardeyskaya) 2-uyda joylashgan ro‘yxatdan o‘tkazish, imtihon olish bo‘limi ta’mirlash ishlari sabab vaqtincha yopiladi.

Toshkent shahar IIBB YHXB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, haydovchilar quyidagi bo‘linmalarga murojaat qilishlari mumkin:

•  Mirobod tumani Beshkent ko‘chasi 43-uy (Fayzobod);
•  Mirobod tumani Vodil ko‘chasi 53-uy (Uzbum);
•  Chilonzor tumani Bunyodkor ko‘chasi 118A-uy (Sobir Rahimov);
•  Sergili tumani Sergili avtomashina bozor hududida.