Iqtisod

O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari kamaydi

O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari kamaydi

Markaziy bank O‘zbekistonning xalqaro valuta zaxiralariga oid ma’lumotlarni yangiladi. Unga ko‘ra, 1-iyul holatiga, O‘zbekistonning rasmiy zaxiralari 36,3 mlrd dollarni tashkil qildi.

Iyun oyi davomida oltin zaxiralarining qiymati 26,81 mlrd dollardan 27,31 mlrd dollargacha oshgan. O‘z navbatida oltinning fizik hajmi 11,4 mln troya unsiyadan 11,7 mln troya unsiyagacha ko‘paygan.

Shuningdek, xorijiy valuta zaxiralari qiymati 9,23 mlrd dollardan 8,43 mlrd dollargacha qisqargan.

Hisobot davrida O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari umumiy hisobda qariyb 294 mln dollarga kamaygan. Bunga o‘tgan oyda oltin eksport qilinmagani sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

Avvalroq, O‘zbekiston aprel va may oylarida oltin sotishni 1 tonnagacha kamaytirgani xabar qilingandi. Bu ko‘rsatkich fevral-mart oylarida 23 tonnani tashkil etgan.