Jamiyat

Ichki ishlar akademiyasini tamomlagan talaba magistr o‘qimasdan doktoranturaga qabul qilinadi

Ichki ishlar akademiyasini tamomlagan talaba magistr o‘qimasdan doktoranturaga qabul qilinadi

Ichki ishlar organlarida ilmiy faoliyatni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ko’ra, idoraviy ilmiy tashkilotlarda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy faoliyat tashkil etiladi:

Akademiyada “tezkor-qidiruv faoliyati”, “huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati”, “ekspert-kriminalistika faoliyati”, “jazoni ijro etish faoliyati”, “probatsiya faoliyati”, “xizmat faoliyatini tarbiyaviy-psixologik taʼminlash” va “tashkiliy-shtab faoliyati” yo‘nalishlari;

Malaka oshirish institutida “boshlang‘ich kasbiy tayyorlash”, “maxsus kasbiy tayyorlash”, “qayta tayyorlash”, “malaka oshirish”, “yo‘l-patrul”, “pasport tizimini taʼminlash”, “jamoat tartibini saqlash”, “maxsus operatsiyalarni amalga oshirish”va “maʼmuriy-xo‘jalik taʼminoti” yo‘nalishlari;

Yo‘l harakati xavfsizligi muammolarini o‘rganish markazida “yo‘l harakati xavfsizligi” yo‘nalishi o’rin olgan.

Maʼlumot o‘rnida, Ichki ishlar akademiyasini tamomlaganlar magistr o‘qimasdan, oliy yuridik taʼlim muassasalariga ishga kirishi, tayanch doktorantura, mustaqil izlanuvchilikka qabul qilinishi mumkin.