Jamiyat

Maktab direktori bilan janjallashgan Surxondaryo hokimi mukofotlandi

Maktab direktori bilan janjallashgan Surxondaryo hokimi mukofotlandi

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova bundan qariyb bir yil oldin maktabning direktori bilan janjallashgan Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimovni “Ta’lim homiysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirladi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Vazir Umarova Surxondaryo viloyatidagi ta’lim muassasalari rahbarlari, o‘qituvchilar, faxriy ustozlar bilan muloqot o‘tkazdi.

Uchrashuvda samarali faoliyat yuritayotgan 6 nafar o‘qituvchiga “Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni hamda faol o‘qituvchilar, o‘quvchilar va ularning ota-onalariga tashakkurnomalar topshirildi.

Ma’lumot o‘rnida, bugungi kunda viloyatda 978 ta maktab mavjud bo‘lib, ularda qariyb 57 ming nafar pedagog-o‘qituvchi ishlamoqda.