11-iyul kuni Bosniya va Gersogovina sharqidagi Srebrenitsa shahrida bosniyalik musulmonlar qatliom qilinganiga 29 yil to‘ldi.
Shundan buyon Bosniya va Gersegovina aholisi 1995-yil 11-iyul kuni Srebrenitsa shahrida serb ayirmachilari va harbiylari tomonidan o‘ldirilgan 8 mingdan ortiq musulmonlar xotirasiga hurmat bajo keltiradi.
Srebrenitsa qatliomi Ikkinchi jahon urushidan keyingi Yevropadagi eng dahshatli insoniy falokat sanaladi.
Har yili 11-iyul kuni genotsid qurbonlarining qoldiqlari shaxsini aniqlash jarayonidan so‘ng Potochari shahridagi qabristonga dafn etiladi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashi 1993-yil aprel oyida Srebrenitsani xavfsiz hudud deb eʼlon qilgandi.
Biroq bu qirg‘inlarning oldini olmadi. Shahar 1995-yil 11-iyulda Ratko Mladich boshchiligidagi Bosniya serblari armiyasi tomonidan bosib olinadi. Mladich keyinroq Gaagadagi Xalqaro tribunal tomonidan genotsid va insoniyatga qarshi jinoyatlarda ayblanib, umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan.
Bosniyalik tinch aholi Gollandiya tinchlikparvar kuchlaridan BMTdan himoya topishga harakat qilishadi, ammo gollandlar ularni serblar qo‘liga topshiradi.
8000 dan ortiq bosniyalik o‘rmonlar, fabrikalar va omborlarda halok bo‘ldi. O‘ldirilgan bosniyaliklarning jasadlari ommaviy qabrlarga ko‘milgan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!