Ilm-fan, Jamiyat

Test sinovlari kuni aniq bo’ldi

Test sinovlari kuni aniq bo’ldi

O‘zbekiston davlat oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlari 14-iyuldan 28-iyulga qadar o‘tkaziladi.

Test sinovlari kuniga 2 smenada tashkil etiladi. 1-smena soat 08:00 da, 2-smena 15:00 da boshlanadi.

Abituriyentlardan test sinovlari boshlanishidan kamida bir yarim soat oldin belgilangan hududga yetib kelishlari talab etiladi.

Shuningdek, abituriyentlardan o‘zlariga tegishli “Abituriyent ruxsatnomasi” ni yuklab olishlari hamda chop etib qo‘yishlari so‘ralmoqda.

Abituriyentlar ruxsatnomada belgilangan manzildagi binoda, ko‘rsatilgan sanada va smenada test sinovlarida ishtirok etadi. Ularga boshqa hudud, kun va smenada test sinovlarida ishtirok etishga ruxsat etilmaydi.

Abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim.

Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi!

Eslatib o‘tamiz, test sinovlarida ishtirok etish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi” my.uzbmb.uz sayti orqali berilmoqda.