Jamiyat

Toshkentda YTH sababli 5 700 xonadon gazdan uzilib qoldi

Toshkentda YTH sababli 5 700 xonadon gazdan uzilib qoldi
Toshkent shahrining Yashnobod tumani hududida ikki mashina ishtirokida YTH tabiiy gaz ta’minotida uzilish keltirib chiqardi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali xabar berdi.

Qayd etilishicha, 11-iyul kuni soat 2:15da ro‘y bergan YTH oqibatida Yashnobod tumani Go‘zal mahallasidagi o‘rta bosimli gaz quvuriga shikast yetgan. Buning oqibatida Yashnobod tumanidagi 5 700 dan ortiq xonadon gazsiz qolgan.

Quyidagi hududlarda gaz ta’minoti avariya bartaraf etilgunga qadar vaqtincha to‘xtatilgan:

– “Go‘zal” MFYdagi 70 ta xonadon;

– “Olmos” MFY hududida joylashgan 58 ta ko‘p qavatli uydagi 2436 ta xonadon;

– “Qalqon” MFY hududida joylashgan 40 ta ko‘p qavatli uydagi 3200 ta xonadon.

Shuningdek, 10 ulgurji iste’molchiga ham tabiiy gaz tekazib berish to‘xtatilgan.

Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanishi bildirilgan.