Ma’lum qilinishicha, departamentning Xiva shahar bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda Urganch davlat universiteti dekani S.K. yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida ushbu universitetda o‘tkaziladigan ijodiy (kasbiy) imtihondan o‘tishiga amaliy yordam berishi evaziga fuqaro Z.O‘. dan 2 600 AQSh dollari va 2,5 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.