Bosqinchilik jinoyatini sodir etganlikda gumonlanib qidiruv eʼlon qilingan shaxs Sergeli tumanida YPX inspektorlari tomonidan qo‘lga olindi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB Axborot xizmati ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, 2024-yil 15-iyul kuni soat 03:40 larda Toshkent shahar, Sergeli tumanida xizmat olib borayotgan YPX inspektorlari kichik serjant B.Akromov va katta serjant S.Isroilovlar tomonidan “Changang” rusumli avtomobil to‘xtatilib, haydovchining maʼlumotlari planshet moslamasi yordamida, maxsus dastur orqali tekshirilgan. Natijada, 1988-yilda tug‘ilgan R.J. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 164-moddasi 2-qismi bilan gumonlanib qidiruvdaligi maʼlum bo‘lgan.
Inspektorlar tomonidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro R.J. Sergeli tumani IIO FMBga topshirildi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!