“Qishloqliklar odam emas. Ular jirkanchli maxluqot. Toshkentga kelib olib, aqlli tutishadi. Shunaqa yomon ko‘rib ketaman. Ular qishloqi bo‘lib tug‘ilganiga yig‘lashi kerak”, — degan u.
15-iyul kuni huquqbuzar qizga nisbatan ish jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tumani sudida ko‘rib chiqildi. U sudda qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, haqorat faqatgina bir shaxsga qaratilganini aytgan.
“Bu voqea 2023-yilning oktabr oylarida bo‘lgan. Bitta shaxs jonli efir vaqtimda haqorat qilgan, ya’ni onadan so‘kkan, shaxsiyatimga tekkan. Shuning uchun bu so‘zlarni o‘sha shaxsga nisbatan aytganman. Bu uchun tegishli joylarda javob berib bo‘lganman. Eski videoni kesib, bo‘rttirma so‘zlar bilan tarqatib yuborishdi”, — dedi u sudda.
Sud qarori bilan qiz Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-moddasida (Haqorat qilish) nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir qilganlikda aybli deb topildi. Unga nisbatan BHMning 20 baravari miqdorida (6,8 mln so‘m) jarima jazosi tayinlandi.
“Nogironligini inobatga olib, ya’ni 20 baravardan 40 baravargacha jarima bo‘lsa, men boshlang‘ich summasini jarima qilib berdim”, — dedi sudya.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Instagram orqali Toshkentga kelgan viloyatliklarni haqoratlagan 21 yoshli qiz 15 sutkaga qamalgandi.