Saudiya Arabistoni AQSHning xavfsizlik kafolati evaziga Isroil bilan munosabatlarni yaxshilashga tayyor. Bu haqda AQSH prezidenti Jo Bayden “Spidi bilan 360” dasturiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
«Saudiyaliklar menga qo‘ng‘iroq qilishdi – ular Isroilni to‘liq tan olmoqchi», – dedi Amerika prezidenti.
Maʼlumki, Ar-Riyod ochiqchasiga falastinliklar uchun davlat tuzish to‘g‘risidagi kelishuv orqali munosabatlarni yaxshilash mumkinligini taʼkidlamoqda. Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu esa bu shartni qatʼiyan rad etadi.
Bayden ehtimoliy kelishuvning ayrim tafsilotlarini oshkor qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar Saudiya Arabistonini boshqa «arab davlatlari – ulardan biri burchakda» hujum qilgan taqdirda, qurol-yarog‘ bilan taʼminlaydi. Aftidan, Bayden noto‘g‘ri gapirdi va Ar-Riyodning Yaqin Sharqdagi raqibi, arab davlati bo‘lmagan Eronni nazarda tutgan bo‘lishi mumkin, deyiladi TRT xabarida.
Bundan tashqari, Baydenning so‘zlariga ko‘ra, Saudiya Arabistonida AQSH armiyasi nazorati ostida “qazib olinadigan yoqilg‘idan uzoqlashishi uchun” fuqarolik yadroviy inshooti quriladi.
“Bu butun mintaqa uchun katta burilish nuqtasi”, – dedi AQSH prezidenti.
Bayden xavfsizlik kafolatlari va yadro dasturiga eʼtibor qaratar ekan, Falastin bilan bog‘liq vaziyatni tilga olmadi. Shu bilan birga, mazkur bayonot AQSH rasmiysi tomonidan potensial kelishuv haqida taqdim etilgan eng batafsil maʼlumot bo‘lib turibdi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!