Jamiyat, Jinoyat

Fermerlarning 745,3 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Fermerlarning 745,3 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Fermer xo‘jaliklariga qarashli suv nasoslarni elektr tarmog’iga yashirincha ulab, 745,3 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi

“O‘zenergoinspeksiya” Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi va Bosh prokuratura huzuridagi Departament bilan hamkorligida o‘tkazilgan nazorat tadbirida Baxmal, Yangiobod va Paxtakor tumanlarida faoliyat yurituvchi “M.B.”, “L.M.” hamda “U.S.” fermer xo‘jaliklari tijorat maqsadida suv nasoslarini elektr hisoblagichdan tashqari yashirin yo‘llar bilan tarmoqqa ulanganliklari aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarliklar natijasida davlat manfaatlariga 745,3 mln so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Nazorat tadbirlari davom etmoqda.