🔴Ombudsman tomonidan fuqarolarning murojaatlari asosida undirilgan hamda undirish belgilangan jami mablag‘lar 1 mlrd 269 mln.so‘mni tashkil etdi. Shundan, salkam 261 mln so‘mi fuqarolarning ish haqi va mehnat munosabatlariga oid.
🔴Fuqarolarning qarzdorligi, sog‘lig‘iga yetkazilgan zararlar, moddiy va maʼnaviy zararlar hamda boshqa majburiy to‘lovlar oqibatida yuzaga kelgan huquqiy munosabatlar bilan bog‘liq murojaatlar o‘rganilishi natijasida jami 663,3 mln.so‘mga yaqin mablag‘ fuqarolar foydasiga undirildi.
🔴Xotin-qizlarning voyaga yetmagan farzandlari taʼminoti uchun 91 mln so‘mga yaqin aliment to‘lovlari undirilishi taʼminlandi. Aliment to‘lashdan bosh tortgan 5 nafar shaxs maʼmuriy javobgarlikka tortilgan, 3 ta holatda esa jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
🔴Shuningdek, 18,4 mln so‘m miqdorida kommunal qarzdorlikning so‘ndirilishida, 51 mln so‘mlik turli jarimalarning bekor qilinishida va 7 nafar fuqaroga turar joyga kadastr hujjatlarining rasmiylashtirilishida va ijtimoiy uy ajratilishida ko‘maklashildi.
🔴5 nafar fuqaro turar joyga nisbatan xususiylashtirish ishtirokchilari deb topildi. 2 nafar murojaatchining mulkiga va bank kartasiga qo‘yilgan taqiq yechildi.
🔴22 nafar fuqaroning bandligi taʼminlandi va ishga tiklandi, 5 ta holatda ish beruvchini xodimga nisbatan noqonuniy xatti-harakatlari bartaraf etildi. 5 ta holatda murojaatchilarning pensiya olish huquqi taʼminlandi.
🔴2 ta holatda oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik hamda ehtiyotsizlik orqasida badanga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazish bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
🔴Ombudsman so‘roviga muvofiq, 3 nafar fuqaro maʼmuriy javobgarlikka tortildi.
🔴1 nafar fuqaroga nisbatan JKning 169-moddasi 1-qismi bilan qo‘zg‘atilgan ish tugatilgan. Yana bir holatda fuqaro taftish instansiyasi sudining ajrimi bilan javobgarlikdan ozod etildi.
🔴6 ta holatda jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etish haqida Ichki ishlar bo‘limlari tergovchilari tomonidan qabul qilingan qarorlar prokuratura organlari tomonidan bekor qilinib, qo‘shimcha tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazish uchun yuborilgan.
🔴26 nafar davlat organlari va idoralarida ishlaydigan masʼullarga intizomiy jazo choralari qo‘llanilgan, shundan 4 nafari egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.
🔴Shuningdek, Ombudsman tomonidan fuqarolarning murojaatlari asosida prokuratura organlariga qilingan so‘rovlarga ko‘ra, davlat tashkilotlarida ishlovchi 3 nafar masʼulga JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
🔴Ombudsman so‘roviga muvofiq huquqni muhofaza qiluvchi organlarining 10 nafar masʼul xodimi o‘z vazifasini lozim darajada bajarmaganligi uchun intizomiy javobgarlikka tortildi va 3 nafar xodim egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!