Jahon

Pokistondagi qo‘poruvchilik harakatlarida 28 kishi halok bo‘ldi

Pokistondagi qo‘poruvchilik harakatlarida 28 kishi halok bo‘ldi

Pokiston shimoli-g‘arbidagi harbiy baza va tibbiyot markaziga qurolli terrorchilik hujumi natijasida 28 kishi, jumladan, 10 nafar harbiy, ayol tibbiyot xodimlari va bolalar halok bo‘ldi, deya xabar bermoqda Devdiscourse. Xavfsizlik kuchlari bilan terroristlar o‘rtasidagi to‘qnashuv 26 soatdan ortiq davom etdi. Hujum qilgan 10 kishining barchasi o‘ldirilgan.

Avval Bannudagi harbiy bazaga ham hujum qilindi. Portlovchi moddalar bilan to‘ldirilgan mashinada bo‘lgan terrorchi obyektni o‘rab turgan devorga borib urilgan. Portlash yuz bergan. Sakkiz nafar harbiy xizmatchi voqea joyida halok bo‘lgan.

Devor qulaganidan so‘ng boshqa terrorchilar bazaga kirib kelishgan, u yerda harbiylar bilan navbatdagi otishma boshlangan. Tinch aholi oraisda qurbonlar bo‘lishining oldi olingan. Chunki Britaniya mustamlakasi davridan saqlanib qolgan harbiy qism turar-joy binolari va fuqarolik obyektlari bilan yaqindan o‘ralgan.

Keyinroq Dera Ismoil Xondagi tibbiyot markaziga hujum uyushtirilib, u yerda besh nafar tinch aholi, jumladan, ikki bola halok bo‘lgan.

“Pokiston armiyasi Afg‘onistondan kelayotgan tahdidlarga qarshi barcha zarur choralarni ko‘rmoqda”, dedi Pokiston Mudofaa vazirligi. Biroq “Tolibon” hujumlarga aloqadorligini rad etdi. Hozircha hech qaysi guruh hujumlar uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmadi.