Tashrif doirasida prezident Sadir Japarov O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazadi. Tomonlar o‘zaro manfaatli barcha sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalarini, shuningdek, Qirg‘iziston—O‘zbekiston munosabatlarini rivojlantirish istiqbollarini muhokama qiladilar, — deyiladi xabarda.
Tashrif davomida Qirg‘iziston rahbari O‘zbekistonda Qirg‘iziston madaniyati kunlarining rasmiy ochilish marosimida ham qatnashishi kutilmoqda. Shuningdek, Qirg‘iziston va O‘zbekiston davlat rahbarlari ishtirokida amalga oshirilayotgan ikki tomonlama loyihalarning onlayn ochilish/ishga tushirilish marosimi bo‘lib o‘tadi.
Bundan tashqari, tashrif doirasida Qirg‘iziston—O‘zbekiston biznes-forumi, Qirg‘iziston va O‘zbekiston oliy taʼlim muassasalari rektorlari forumi kabi qator tadbirlar ham o‘tkaziladi.