Vazirlar Mahkamasining qarori bilan hukumatning ayrim qarorlariga yo‘l harakati xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Tegishli hujjatga ko’ra, tez tibbiy yordam mashinalari, elektromototsikllar, mopedlar va skuterlar uchun alohida davlat raqamlari joriy etilmoqda (batafsilroq rasmda).
Shuningdek, individual harakatlanish vositalarida (elektrosamokat, elektr skeytbordlar, segveylar, unitsikllar, monog‘ildirak va boshqalar) 14 yoshdan kichik shaxslarning boshqarishi, piyodalar o‘tish joyida harakatlanish, odam tashish, telefondan foydalanish va boshqalar kabi bir qator taqiqlovchi choralar joriy etilmoqda.
Bundan tashqari, individual harakatlanish vositalarini boshqarayotgan shaxslar yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishi, trotuarlardan, piyodalar yo‘lkalaridan, piyoda va velosiped yo‘lkalarida soatiga 10 km dan oshmaydigan tezlikda, ular bo‘lmaganda esa yo‘l chetida soatiga 20 km tezlikdan yuqori bo‘lmagan tezlikda harakatlanishlari kerak bo‘ladi;
Skuterlar va mopedlarning harakatlanishini (3.5.1), shuningdek, individual harakatlanish vositalarini boshqarishni (3.34) taqiqlovchi yangi yo‘l belgilari joriy etilmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!