Ma’lum qilinishicha, yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida 2024-yilning 23-avgust kunidan haftaning har juma, shanba va yakshanba kunlari 778/777-sonli Toshkent—Buxoro—Toshkent yo‘nalishida “Afrosiyob” elektropoyezdining qo‘shimcha harakati yo‘lga qo‘yildi. Poyezd quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

778-sonli Toshkent—Buxoro yo‘nalishi

  • Toshkent 6:59 — Buxoro 11:05.

777-sonli Buxoro—Toshkent yo‘nalishi

  • Buxoro 16:12 — Toshkent 20:20.

Qo‘shimcha ma’lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l chiptaxonalari hamda ma’lumotlar byurosidan bilib olish mumkin. Chiptalarni nafaqat temir yo‘l chiptaxonalaridan, balki elektron tarzda ushbu havola orqali xarid qilsa bo‘ladi.

Avvalroq “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ 2024-yilning 1-iyul sanasidan mahalliy yo‘nalishlardagi yo‘lovchi poyezdlar — “Nasaf”, “Sharq”, “O‘zbekiston” poyezdlari chipta narxlarining tarif qismi 25 foizga oshirilishini maʼlum qilgandi.