Jamiyat, Jinoyat

Valyuta savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi

Valyuta savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan A.N. fuqaro V.S.dan 240 ming Rossiya rublini 31,2 mln so‘mga sotib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning G‘ozg‘on shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.M jami 1,3 mln Qozoq tengesini fuqaro A.J.ga 37 mln so‘mga sotishga kelishib, shundan yonida bo‘lgan 1,2 mln Qozoq tengesini bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.