Jahon

Bangladeshda namoyishlarga sabab bo‘lgan kvotalar bekor qilindi

Bangladeshda namoyishlarga sabab bo‘lgan kvotalar bekor qilindi

Oliy sud iyun oyida quyi instansiya sudining davlat lavozimlarining 56 foizi asosan Pokistonga qarshi mustaqillik urushi ishtirokchilarining qarindoshlariga taqsimlanishi to‘g‘risida iyun oyida qabul qilgan qarorini bekor qilgan.

Bangladesh bosh prokurori Amin Uddin Reuters agentligiga ma’lum qilishicha, oliy sud qaroriga ko‘ra, davlat ish o‘rinlarining 93 foizi kvotalash tizimi asosida emas, nomzodlarning kasbiy layoqatiga ko‘ra to‘ldiriladi, faqat 5 foiz o‘rin urush qatnashchilarining qarindoshlariga, 2 foizi etnik ozchilik vakillari hamda nogironlar uchun ajratiladi.

Mamlakatda 1972-yildan buyon mavjud bo‘lgan kvotalar tizimi davlat sektoridagi ish o‘rinlarining uchdan bir qismi 1971- yil Pokistondan mustaqil ajralib chiqish uchun olib borilgan urush faxriylarining qarindoshlariga ajratilishini kafolatlagan. Shuningdek, ayollar, etnik ozchilik vakillari hamda imkoniyati cheklangan odamlar uchun kvotalar ajratilgandi.

2018-yilda Bangladesh hukumati kvotalar tizimini bekor qiladi, ammo 2024-yil iyunida sud uni tiklashga qaror qiladi, ammo mamlakat mustaqilligi uchun kurashganlarning avlodlari uchun kvotalar yanada oshirib beriladi. Bu esa butun mamlakat bo‘ylab talabalar namoyishlari boshlanishiga sabab bo‘ldi, so‘nggi kunlarda namoyishchilar hamda huquq-tartibot organlari vakillari o‘rtasida to‘qnashuvlar ro‘y berdi.